Otash Qassob xizmati foydalanuvchisi bilan
Kelishuv
1. Atama va taʼriflar
1.1. Bu hujjat maqsadlari yuzasidan quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarda qoʻllaniladi:
Foydalanuvchi — mahsulot va yetkazib berish xizmati uchun buyurtma rasmiylashtirish maqsadida Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlari asosida xizmatdan foydalanuvchi shaxs.
Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi — Xizmatda roʻyxatdan oʻtish vaqtida oʻziga berilgan paroldan foydalangan holda xizmatda avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi.
Hamkor — Xizmat foydalanuvchilariga, ular buyurtma rasmiylashtirganida, mahsulotlarni sotadigan, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan hollarda Xizmat foydalanuvchilariga yetkazib beradigan, Otash Qassob offertasini qabul qilgan va tuzilgan shartnoma asosida Otash Qassob xizmatlari buyurtmachisi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Buyurtma — Foydalanuvchi tomonidan xizmatda rasmiylashtirilgan mahsulot yoki yetkazib berish xizmati uchun buyurtma, buning natijasida foydalanuvchi, hamkor tomonidan belgilangan va xizmatda eʼlon qilingan shartlar asosida, hamkor bilan mahsulotni tayyorlash yoki uning oldi-sotdisi haqidagi shartnoma, shuningdek, yetkazib beruvchi bilan (yoki Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshirilsa, tegishli Hamkor bilan) bu mahsulotni yetkazib berish haqidagi shartnoma tuzadi;
Keshbek - Otash Qassob o'z mijozlarini rag'batlantirish maqsadida mijozlarining keyingi buyurtmalari uchun Otash Qassob tomonidan taqdim etiladigan chegirma miqdori. Keshbek - Otash Qassobning mulkidir. Keshbek faqatgina mijozlarning buyurtmalarini rag'batlantirish vositasi sifatida qaraladi.
Shartnoma — Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida foydalanuvchi hamkor yoki yetkazib beruvchi bilan tuzadigan, foydalanuvchi va hamkor oʻrtasidagi mahsulotni tayyorlash yoki uning oldi-sotdisi haqidagi shartnoma yoki foydalanuvchi va yetkazib beruvchi (yoki yetkazib berish hamkor tomonidan amalga oshirilsa, hamkor) oʻrtasidagi yetkazib berish haqidagi shartnoma.
Mahsulot — oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar (Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muomalada boʻlishi cheklangan mahsulotlar bundan mustasno), shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari boʻlib, ularni foydalanuvchilarga sotish xoydalanuvchi xizmatda rasmiylashtirgan buyurtma asosida hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi bilan kelishuvda yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.2-bandida keltirilgan boshqa hujjatlarda aytilganda, Mahsulot ham bitta mahsulotni, ham bir nechta mahsulotni anglatadi, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki boshqa tegishli hujjatda boshqacha qoida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yetkazib berish — Foydalanuvchi xizmatda rasmiylashtirgan buyurtma asosida mahsulotni foydalanuvchiga yetkazib berish xizmati. Foydalanuvch bilan yetkazib berish haqida shartnomani tuzish foydalanuvchining xizmatda buyurtma rasmiylashtirishi orqali yetkazib beruvchi, yoki, agar hamkor yetkazib berishni xizmatini koʻrsatsa, tegishli hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Hamkor yoki yetkazib beruvchi mahsulotni foydalanuvchiga yetkazib berish uchun uchinchi tomonlarni jalb qilish huquqiga ega.
Yetkazib beruvchi — Foydalanuvchi tomonidan buyurtmasi rasmiylashtirilgan mahsulotni yetkazib beruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (Yetkazib berish hamkor tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno).
Foydalanuvchi bilan kelishuv — bu mazkur hujjat boʻlib, quyidagi sahifaga joylashtirilgan: otashqassob.com
Otash Qassob — “Otash Qassob Company”,
Manzil: 경상남도 김해시 분성로 335 (서상동 94-12 번지)
Otash Qassob ilovasi — mobil qurilmalarida “Otash Qassob ” dasturidan foydalanish boʻyicha litsenziya shartnomasi shartlari asosida foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, mobil qurilmalarga moʻljallangan “Otash Qassob ” dasturi; u internet tarmogʻida quyidagi hamma uchun ochiq sahifaga joylangan: otashqassob.com, PlayMarket, Appstore
1.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvda Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida belgilanmagan atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holda bu atama Foydalanuvchi bilan kelishuv matniga muvofiq tarzda talqin qilinadi. Foydalanuvchi bilan kelishuv matnida biror atamaning bir xil maʼnodagi talqini boʻlmasa, bu atamaning talqinini quyidagi tartibda belgilanadi: birinchi navbatda – JKR qonunchiligi, ikkinchi navbatda – Xizmatdagi talqin, undan keyin – internetda belgilangan (umumiy foydalaniladigan) talqin asosida.
2. Umumiy qoidalar
2.1. Bu Foydalanuvchi bilan kelishuv foydalanuvchiga Otash Qassob tomonidan bildirilgan Otash Qassob xizmatidan foydalanish taklifini tashkil etadi.
2.2. Foydalanuvchining xizmatdan foydalanishi ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv, shuningdek, quyidagilar asosida tartibga solinadi:
Otash Qassob xizmatlari foydalanuvchisi bilan kelishuv; otashqassob.com
keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tartibga soluvchi hujjatlar” deb yuritiladi.
2.3. Xizmat va uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlash orqali Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvni, shuningdek, Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini toʻliq hajmda, hech qanday cheklov va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlarning biror qoidasiga rozilik bildirmasa, foydalanuvchi xizmatdan foydalanish huquqiga ega emas.
2.4. Otash Qassob istalgan vaqtda foydalanuvchini xabardor qilmasdan turib Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Foydalanuvchi bilan kelishuvning amaldagi tahriri Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida koʻrsatilgan manzilda joylashgan. Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarning yangi tahriri bilan tanishmaslikning xavfi Foydalanuvchi zimmasidadir, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritilgandan keyin xizmatdan foydalanishda davom etish ularning yangi tahrirlarini qabul qilganlikni anglatadi.
2.5. Otash Qassob tomonidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.4-bandida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi bilan kelishuvga qandaydir oʻzgartirish kiritilsa va Foydalanuvchi bu oʻzgartirishga rozilik bildirmasa, Foydalanuvchi xizmatdan foydalanishni toʻxtatishi shart.
2.6. Xizmat foydalanuvchiga xizmatga joylangan materiallar bilan tanishish imkoniyatini, hamkor yoki yetkazuvchidan hamkor yoki yetkazuvchi tomonidan belgilangan va xizmatga joylangan shartlarda tovarlar va yetkazmalarni buyurtma qilish imkoniyatini, shuningdek, foydalanuvchining buyurtmasi parametrlarida yoki foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan boshqa funksiya va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taklif qiladi.
Otash Qassob foydalanuvchiga xizmatga oddiy litsenziya shartlarida joylanadigan restoranlar, doʻkonlar va yetkazuvchilarning materiallari va takliflari bilan tanishish boʻyicha xizmat funksionalidan foydalanish huquqini begʻaraz taqdim etadi.
Hamkor yoki yetkazuvchi tomonidan belgilangan va xizmatga joylangan shartlarda Tovarlar va Yetkazmalar Buyurtma qilish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish (jumladan, agar mavjud boʻlsa, oʻzi olib ketish shartlarida buyurtma qilish. Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlariga muvofiq oddiy (maxsus boʻlmagan) litsenziya, shuningdek, quyidagi manzilga joylangan mobil qurilmalar uchun “Otash Qassob” dasturidan foydalanish boʻyicha Litsenziya kelishuvi shartlariga muvofiq amal qiladigan qismlarning shartlarida amalga oshiriladi: otashqassob.com
Tovarlar va yetkazmalarni buyurtma qilish boʻyicha xizmat funksionalidan foydalanish huquqi begʻaraz taqdim etiladi, Foydalanuvchiga Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish huquqini taqdim etganlik, shuningdek, boshqa xizmatlarni koʻrsatganlik uchun Foydalanuvchining Buyurtmasi parametrlariga muvofiq xizmat yigʻimi olinadi.
“Toʻgʻri, keyingisi” (yoki vazifasi shunga oʻxshash) tugmasini yoki “Keyingisi” (yoki vazifasi shunga oʻxshash) tugmasini bosish orqali Foydalanuvchi Xizmat yigʻimini toʻlashga rozilik bildiradi hamda Foydalanuvchining Buyurtmasi parametrlari yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvga muvofiq Hamkor (jumladan, oʻzi olib ketish shartlaridan Tovarlarni Buyurtma qilish) yoki Yetkazuvchidan Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish, shuningdek, boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha Xizmat funksionalidan begʻaraz foydalanishga roziligini tasdiqlaydi.
2.7. Foydalanuvchining hududi, Yetkazib berish manzili, Hamkor tomonidan taqdim etilgan Mahsulot haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, boshqa holatlarga qarab, Xizmatning barcha yoki ayrim funksiyalari mavjud boʻlmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin. Agar Foydalanuvchi funksiyalarni ochiqchasiga ishlata olmasa, ular Foydalanuvchi uchun mavjud emas (cheklangan) hisoblanadi. Bu cheklovlarni aylanib oʻtish maqsadida biror har qanday texnik va dasturiy usullardan foydalanish taqiqlanadi. Xizmatning Foydalanuvchi uchun mavjud boʻlmagan (cheklangan) funksiyalarini tartibga soluvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv qoidalari bunday funksiyalar Foydalanuvchi uchun aniq shaklda mavjud boʻlmaguncha qoʻllanilmaydi. Xizmat funksiyalarining mavjudligi haqidagi axborot Foydalanuvchiga uning Otash Qassobga yuborgan soʻrovi asosida taqdim etiladi.
2.8. Xizmatdan foydalanish orqali Foydalanuvchi Otash Qassobdan reklama mazmuniga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Xizmatning tegishli funksiyasidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabaridagi koʻrsatmalarga rioya qilgan holda reklama xabarlarini olishni rad etishga haqli.
2.9. Foydalanuvchi xizmatdan foydalanganda, Otash Qassob foydalanuvchi tomonidan hamkorlar yoki Yetkazib beruvchilar bilan tegishli ravishda mahsulotlarni tayyorlash yoki sotish hamda yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda tomon hisoblanmaydi. Otash Qassob faqat foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.6-bandida belgilangan xizmat doirasida buyurtma berish imkoniyatini taqdim etadi va faqat xizmat haqi doirasida javobgar bo'ladi.
2.10. Otash Qassob hamkor yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni yoki dolzarbligi, jumladan, Mahsulot yoki Yetkazib berish narxi, Mahsulotni tayyorlash yoki Yetkazib berishni amalga oshirish vaqti haqidagi axborot, shuningdek, ayni vaqtda mahsulotning mavjudligi uchun javobgar emas.
2.11. Ayrim hollarda, Xizmatda buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida foydalanuvchiga yetkazilgan maʼlumotlar, Foydalanuvchidan yetkazib berish haqida qoʻshimcha ravishda undirilmaydi.
2.12. Xizmatning alohida funksiyalaridan foydalanish imkoniyati, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish, Foydalanuvchi Xizmatda roʻyxat va avtorizarsiyadan oʻtgandan keyin ham undan oldin ham mavjud boʻladi. Roʻyxatdan oʻtishda Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish shaklida soʻraladigan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish vaqtida biriktirilgan shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash majburiyatini oladi. Xizmatda Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlar yordamida bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.
2.13. Foydalanuvchi xizmatdan foydalanishda bittadan ortiq “profil” ishlatish huquqiga ega emas. Agar Otash Qassob foydalanuvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan shartlar buzilganligini koʻrsatuvchi holatlarni aniqlasa, Otash Qassob Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashga haqli.
3. Xizmatda buyurtmani rasmiylashtirish tartibi va shartlari
3.1. Avtorizatsiya qilingan va qilinmagan foydalanuvchi ham buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin. Xizmatda mahsulot yoki yetkazib berish uchun buyurtma rasmiylashtirishdan oldin, Foydalanuvchi mahsulotni tayyorlash yoki sotishga oid barcha shartlar, shuningdek, hamkor yoki yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hamda xizmatga joylangan yetkazib berish shartlari va xizmat toʻlovi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, ochiq xatolar, jumladan, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi tomonidan Mahsulot tavsifida yoʻl qoʻyilgan tipografik xatolar qonuniy majburlov kuchiga ega emas.
3.2. Foydalanuvchi buyurtmani rasmiylashtirishda hamkor yoki yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzadi hamda mahsulot oldi-sotdisi va yetkazib berish xizmati yuzasidan hamkor yoki yetkazib beruvchi bilan bevosita shartnomaviy munosabatga kirishadi. Xizmatda buyurtmani rasmiylashtirish foydalanuvchining mahsulot oldi-sotdisiga oid barcha muhim shartlar, hamkor yoki yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hamda xizmatga joylangan yetkazib berish shartlari, shuningdek, ushbu foydalanuvchi bilan kelishuvdagi xizmatdan foydalanishga oid shartlar va xizmat haqi miqdori bilan tanishganini anglatadi.
3.3. Foydalanuvchi tomonidan hamkor yoki yetkazib beruvchi bilan tuziladigan shartnomaning muhim shartlari xizmatda chop etiladigan mahsulot tavsifi, hamkor tomonidan Otash Qassobga taqdim etilgan uni tayorlash yoki sotish shartlari, shuningdek, hamkor yoki yetkazib beruvchi tomonidan Otash Qassobga taqdim etilgan yetkazib berish shartlari tavsifida koʻrsatiladi.
3.4. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali foydalanuvchi hamkor yoki yetkazib beruvchi shartnomaning bajarilishi uchun javobgarlikni oʻzida saqlagan holda shartnomani bajarishni uchinchi shaxsga topshirishi mumkinligiga rozilik bildiradi.
3.5. Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnoma (shartnomalar) boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar bevosita hamkor yoki yetkazib beruvchidan kelib chiqadi.
3.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.2-bandiga zarar yetkazmagan holda, Foydalanuvchi uning oʻzi xizmatdan foydalanish, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Otash Qassobga taqdim qilgan shaxsiy maʼlumotlarining qayta ishlanishi, shu jumladan, ularning Otash Qassob tomonidan foydalanuvchi buyurtmani rasmiylashtirish natijasida shartnoma tuzadigan hamkor yoki yetkazib beruvchiga uzatishiga rozilik bildiradi; bunday qayta ishlash hamkor yoki yetkazib beruvchi tomonidan, jumladan, Otash Qassob jalb qilgan uchinchi shaxslar orqali koʻrsatilgan Shartnomani bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi Otash Qassob Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini Hamkor yoki Yetkazib beruvchi tomonidan tegishli buyurtma bajarilgan sanadan boshlab kamida uch yil davomida saqlash huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.
3.7. Foydalanuvchi oʻzi rasmiylashtirgan buyurtmalar haqidagi maʼlumotlarni xizmatning “Buyurtmalarim” boʻlimidan topishi mumkin. Xizmatning bu boʻlimida avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi buyurtma holati haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.
3.8. Xizmatda buyurtma rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin; u oʻzgartirilgan taqdirda; Mahsulotni yetkazib berishdan oldin Buyurtmaning bajarilishiga taʼsir qiladigan holatlarda yoki uning holati haqida oʻz vaqtida xabar berish maqsadida Otash Qassob va “Otash Qassob Company” tomonidan Foydalanuvchiga yuborilishi mumkin boʻlgan telefon xatlarini, foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladigan xabarlarni (SMS), shuningdek, Xizmat, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi ishining sifatini baholash taklifi bilan Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan raqamga qilinadigan chaqiruvlarni qabul qilishga rozilik beradi. Agar Foydalanuvchi unga xabar yuborish funksiyasini faolsizlantirsa, Foydalanuvchi uni Buyurtmani yetkazib berish imkoniyati/imkonsizligi haqida xabardor qilish maqsadida oʻzining telefon raqamiga Buyurtmani Yetkazib berish jarayoni haqidagi maʼlumotning yuborilishiga rozilik beradi.
3.9. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, foydalanuvchi a) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar bilan toʻliq tanishgani, b) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlari, shuningdek, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma predmeti va shartlarini toʻliq tushunishi, d) Hamkor yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzish va uning bajarilishi boʻyicha oʻz harakatlarining mazmuni hamda oqibatlarini toʻliq tushunishi, e) Xizmatdan foydalanish boʻyicha ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar shartlarini toʻliq tushunishini tasdiqlaydi, shuningdek, Xizmat haqini belgilash tartibini qabul qiladi.
3.10. Foydalanuvchi Mahsulot va Yetkazib berish xizmati, shuningdek, Buyurtmani rasmiylashtirish doirasida Xizmat haqini toʻlash majburiyatini bajarmagan, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.17-bandiga muvofiq, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishni rad etgan, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlar qoidalarini buzgan, shuningdek, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarini takroriy ravishda buzgan taqdirda, Otash Qassob Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanish va Buyurtma rasmiylashtirish imkoniyatni bloklash huquqiga ega.
3.11. Foydalanuvchi xizmatda buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida oʻzi va buyurtmani qabul qiluvchi haqida toʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etishi lozim. Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish natijasida kelib chiqadigan barcha oqibatlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Agar foydalanuvchining manzili o’zgarsa uni Otash Qassob operatoriga xabar berishi shart.
3.12. Buyurtma rasmiylashtirish uchun Foydalanuvchi, Mahsulot va Yetkazib berish haqidagi maʼlumot bilan tanishib chiqqanidan keyin, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi Shartnomani bajarishi uchun Xizmat orqali kerakli barcha maʼlumotlarni, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, quyidagi maʼlumotlarni kiritadi: Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari, yetkazib berish uchun toʻliq manzil (jumladan, aholi punkti nomi, metro bekati (agar boʻlsa), koʻcha (xiyobon, magistral va h.k.), uy raqami (jumladan, korpusi, tuzilishi, egaligi va boshqalar), kirish yoʻlagi raqami, xonadon raqami va qavati, domofon kodi (agar boʻlsa)), qabul qiluvchining ism-familiyasi, kontakt maʼlumotlari (telefon raqami va boshqalar), toʻlov usuli; shundan keyin “Xarid qilish” tugmasini (yoki boshqa analog tugmani) bosadi. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma/Shartnomalarning shartlari bilan tanishgani va ularga hech bir eʼtirozsiz rozi ekanini, shuningdek, Mahsulot, Yetkazib berish va Xizmat haqi toʻgʻrisidagi Xizmatga joylangan maʼlumotlar bilan tanishganini tasdiqlaydi.
3.13. Hamkor yoki Yetkazib beruvchi va Foydalanuvchi oʻrtasidagi Shartnoma/Shartnomalarni tuzish vaqti quyidagi tartibda belgilanadi:
3.13.1. Hamkor bilan Shartnoma/Shartnomalar Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish shaklida “Davom etish, Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash tugmani) bosgan vaqtda tuziladi, Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma esa, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq Mahsulotni Yetkazib beradigan Yetkazib beruvchi aniqlangan vaqtda tuziladi.
3.13.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.13.1-bandida nazarda tutilgan holatda “Davom etish! Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash boshqa tugmani) bosish orqali, Foydalanuvchi ushbu kelishuvning 6.8-bandida nazarda tutilgan Yetkazib beruvchilar orasidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq aniqlangan Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzishga toʻliq va soʻzsiz rozilik bildiradi (aksept).
3.14. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin Hamkor Buyurtmani bajarishni boshlagan (Hamkor tomonidan Mahsulot tayyorlash boshlangan) / Hamkor Mahsulotni yigʻishni boshlagan (agar shunday funksiya mavjud boʻlsa) vaqtdan boshlab bir kun ichida zakaz buyurtmachiga topshiriladi. Abatta bu qoidalarga istisno bo’ladi. Agar Buyurtmachi buyurtmani kech soat 18:00 dan keyin qiladigan bo’lsa unda bu buyurtma ikki kun ichida yetkaziladi. Shanba kuni bizning yetkazib berish xizmatimiz ishlamaydi. Juma kuni qilingan zakazlar shanba kuni yetkazib beriladi.
3.15. Foydalanuvchi 3.12-banda nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vaqtida, u isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunlarda belgilangan Mahsulot va Yetkazib berish, shuningdek, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi haqidagi barcha maʼlumotlar Foydalanuvchiga toʻliq yetkazilganini tasdiqlaydi.
3.16. Hamkor quyidagi hollarda Buyurtmani bekor qilishi mumkin:
3.16.1. agar Hamkor Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etgan kontakt maʼlumotlari orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlana olmasa (Hamkor foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida Mahsulotni yetkazib berishni amalga oshiradi);
3.16.2. agar Hamkor Shartnomani bajara olmasa.
3.16.3. Agar hamkor Shartnomani toʻliq bajara olmasa, u 3.16.2-banda muvofiq buyurtmani bekor qilishi yoki Buyurtma tarkibini oʻzgartirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan telefon raqami orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlanishi mumkin. Buyurtmaga oid oʻzgarishlar haqidagi maʼlumot Foydalanuvchining bunday oʻzgarishlarni tasdiqlashi imkoniyati bilan Xizmatda ham aks ettiriladi. Foydalanuvchi yangi shartlarga quyidagi usullardan biri orqali rozilik bildirsa, Buyurtma ushbu yangi shartlar asosida rasmiylashtirilgan hisoblanadi: a) telefon orqali; b) Xizmatda. c) imoda d) whatsappda e) Odnoklasnikda f) kakaoda
3.17. Buyurtmani rasmiylashtirgan Foydalanuvchi Buyurtmani qabul qilish uchun Yetkazib berish manzilida hozir boʻlishi, shuningdek, Mahsulot yetkazib berilganda uning qabul qilinishi lozim. Yetkazish manzili boʻyicha Foydalanuvchi mavjud boʻlmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi ko’rsatilgan manzilga buyurtmani qoldirib ketadi.
3.18. Agar, Foydalanuvchining fikricha, Foydalanuvchiga yetkazilgan Mahsulotning sifati qoniqarsiz boʻlsa yoki Mahsulot rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos boʻlmasa, Foydalanuvchi aloqa shakli orqali zudlik bilan Otash Qassobga murojaat qilishi va yetkazib berilgan Mahsulotning rasmlari, shuningdek, Mahsulotning kamchiliklari tavsifini yuborishi kerak. Otash Qassob Foydalanuvchilarning shikoyatlarini Hamkor yoki Yetkazib beruvchiga yetkazish uchun qabul qiladi.
3.19. Mahsulot Yetkazib berish jarayonida Hamkor buyurtmachining manziliga (tegishli sifatga ega va rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos) Mahsulotni topshirgan vaqtda oʻzining Shartnoma boʻyicha Mahsulotni Foydalanuvchiga topshirish majburiyatini bajargan hisoblanadi.
3.20. Xizmatda koʻrsatilgan Mahsulotni tayyorlash yoki sotish hamda Yetkazib berish vaqti bir kun hisoblanadi. Istisnolar mavjud
3.21. Otash Qassob Hamkorining Buyurtmani qabul qilishga tayyorligini tasdiqlamasligi, Buyurtmani Yetkazib berish imkoniga ega boʻsh Yetkazib beruvchilarning (Yetkazib beruvchilar kuryerlarining) yoʻqligi, shuningdek, Hamkor/Yetkazib beruvchining Buyurtma yuzasidan oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablarga koʻra Hamkor/Yetkazib beruvchi tomonidan Buyurtmani bajarish mumkin boʻlmagan hollarda Otash Qassob Foydalanuvchiga Buyurtma toʻlovini qaytargan holda Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.
4. Xizmatdan foydalanish. Xizmatning alohida funksiyalari
4.1. Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlarni takroriy ravishda buzgan hollarda, Otash Qassob Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar, shuningdek, qonunchilik talablari yoki uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida, oʻz ixtiyoriga koʻra, Foydalanuvchining oʻz hisobi yordamida Xizmatdan (yoki agar buning imkoni boʻlsa, Xizmatning muayyan funksiyalaridan) foydalanish imkoniyatini cheklash yoki uning hisobini butunlay bloklash yoxud unga nisbatan boshqa choralarni qoʻllash huquqiga ega.
4.2. Foydalanuvchi Otash Qassob yoki hamkorlariga Xizmatdan foydalanish, Xizmatda Buyurtma rasmiylashtirish, Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida tuziladigan Shartnomani Hamkor yoki Yetkazib beruvchi tomonidan bajarilishi maqsadlarida, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Maxfiylik siyosatida (quyidagi havola orqali tanishish mumkin: otashqassob.com belgilangan boshqa maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash, Otash Qassob hamkorlari, jumladan, Hamkorlar yoki Yetkazib beruvchilarga uzatish (jumladan, transchegaraviy uzatish), bu maʼlumotlarning Otash Qassob hamkorlari, jumladan, Hamkorlar yoki Yetkazib beruvchilar tomonidan qayta ishlanishi uchun rozilik beradi.
4.3. Sifatni nazorat qilish va nizolarni hal qilish maqsadida Otash Qassob Foydalanuvchi va Otash Qassob yordam xizmati mutaxassislari, shuningdek, Hamkorlar yoki Yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi barcha suhbatlarni yozib olishi mumkin.
Foydalanuvchi Yordam xizmati mutaxassislarini haqoratlasa, ularga tahdid qilsa yoki boshqa nomaqbul soʻzlar bilan murojaat qilsa, Yordam xizmati mutaxassislari Foydalanuvchi bilan ham ogʻzaki, ham yozma shaklda muloqotni toʻxtatishga haqli.
5. Mahsulot yoki Yetkazib berish uchun toʻlov
5.1. Foydalanuvchi rasmiylashtirgan buyurtma doirasida mahsulot yoki yetkazib berish uchun toʻlov Foydalanuvchi tomonidan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
5.1.1. Foydalanuvchi uchun ulangan bank kartasi orqali naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin (Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandi); bunday hollarda Otash Qassob Hamkor yoki Yetkazib beruvchi nomidan harakat qiladi. Toʻlovlarni qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq bunday xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan toʻlovlarni (keyingi o‘rinlarda “naqd pulsiz toʻlov” deb yuritiladi) qabul qilishga vakolatli operator tomonidan amalga oshiriladi. Otash Qassob naqd pulsiz toʻlov imkoniyatini taqdim etishga oid Xizmat faoliyatida xato va nosozliklar kuzatilmasligiga kafolat bermaydi.
5.1.2. Foydalanuvchi uchun buyurtma haqini bevosita Buyurtma Yetkazib berilganda naqd pulda toʻlash funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin emas. Agar Buyurtmani rasmiylashtirishda naqd pulda toʻlash usuli koʻrsatilmasa, bu Foydalanuvchi uchun bunday toʻlov usulidan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini bildiradi. Otash Qassob shunday imkoniyatni taqdim etadiki, har bir buyurtma uchun buyurtmaning uch foizi keshbek sifatida Otash Qassobning dasturida ushbu buyurtmachining keshbek hisobida turadi. Keshbek har doim ham uch foiz bo’lavermaydi. Quyidagi hollarda keshbek bir foiz bo’ladi.
Keshbekdan foydalanish buyurtmachining ixtiyorida bo’ladi. Keshbek Otash Qassob tomonidan beriladigan imtiyoz sifatida baholanadi. Ushbu hisobdagi pul mablag’i qaytarib berilmaydi va bu pul mablag’lari faqatgina Otash Qassobdan mahsulot sotib olinganida foydalaniladi. Agar Buyurtmachi tomonidan buyurtma qilmaslik muddati oxirgi buyurtmasidan boshlab uch oyni tashkil qilsa avtomatik ravishda buyurtmachining keshbek-hisobidagi pul mablag’lari nollashtiriladi.
5.1.3. Foydalanuvchi uchun, Hamkor tomonidan Mahsulot Yetkazib berilganganda, bevosita Hamkorga naqd pulda toʻlov qilish imkoniyati mavjud boʻlishi mumkin (alohida hollarda) Buni “Otash Qassob Company ” belgilaydi. Toʻlovning bunday shakli Otash Qassob ishtirokisiz amalga oshiriladi va Foydalanuvchi bilan kelishuv asosida tartibga solinmaydi.
5.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.1, 5.1.1, 5.1.2-bandlarida nazarda tutilganidek, Buyurtma va Yetkazib berish uchun toʻlovda Otash Qassob ishtiroki faqatgina Otash Qassob Hamkorlar va Yetkazib beruvchilarning Foydalanuvchiga Mahsulotlarni sotish va yetkazib berishda yordam koʻrsatishi boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish yuzasidan amalga oshiriladi, bunda pul mablagʻlari operatorlar tomonidan taqdim etilgan bank kartasi yoki Otash Qassob ilovasida ko’rsatilgan bank kartasiga o’tkazish orqali qabul qilinadi.
5.3. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Mahsulot, Yetkazib berish uchun toʻlov qilish, xizmat haqini toʻlash vaqtida chek/cheklar Xizmatdagi “Buyurtmalar tarixi” boʻlimi yoki mazmunan shunga oʻxshash boʻlimga yuborish orqali Foydalanuvchiga taqdim etiladi.
5.4. Ulangan bank kartasi Xizmat interfeysida Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilishi mumkin, bunda Foydalanuvchi quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Agar bank kartasi maʼlumotlari toʻgʻri, haqiqiy boʻlsa va bu kartadan Xizmat doirasida texnik jihatdan foydalanish mumkin boʻlsa, koʻrsatilgan bank kartasi Ulangan maqomini oladi va naqd pulsiz toʻlovlar uchun ishlatilishi mumkin. Barcha Ulangan kartalar Xizmat interfeysida koʻrsatiladi.
5.5. Naqd pulsiz toʻlov Foydalanuvchi tomonidan toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi.
5.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandiga muvofiq, oʻz maʻlumotlarini koʻrsatishda va keyinchalik Ulangan kartadan foydalanishda Foydalanuvchi oʻz nomiga chiqarilgan amaldagi bank kartasi haqida haqiqiy va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etayotganini; toʻlov tizimlari qoidalari va Ulangan kartani chiqargan bankning talablariga, jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiga rioya qilishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.
5.7. Foydalanuvchi Xizmatda roʻyxatdan oʻtish vaqtida uning shaxsiy ma’lumotlari orqali foydalangan holda avtorizatsiya qilinganidan keyin, Xizmat doirasida amalga oshirilgan barcha harakatlar, jumladan Ulangan bank kartasi orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz toʻlovlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan, deb hisoblanishini tushunadi va bunga rozilik bildiradi.
5.8. Agar Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov fakti yoki miqdori va Xizmat doirasida Ulangan kartadan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalardan norozi boʻlsa, Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan yoki murojaatga sabab boʻlgan boshqa harakat yoki hodisalar sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 14 kun ichida ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuvda koʻrsatilgan rekvizitlar orqali Otash Qassobga murojaat qilish huquqiga ega.
Agar bunday soʻrovni tekshirish natijasida Otash Qassob naqd pulsiz toʻlov summasini toʻliq yoki qisman qaytarishga qaror qilsa, bu summa naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan bank kartasining bank hisob raqamiga qaytariladi. Pul mablagʻlarini qaytarish tartibi toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilari qoidalari bilan tartibga solinadi.
5.9. Otash Qassob istalgan payt Foydalanuvchidan oʻzi tomonidan Servis doirasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni, jumladan, Ulangan karta maʼlumotlarini tasdiqlashni hamda shu munosabat bilan taqdim etmaslik Otash Qassob ixtiyoriga koʻra notoʻgʻri maʼlumot taqdim etishga tenglashtirilishi va Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
5.10. Foydalanuvchi Mahsulot yoki Yetkazib berish uchun Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan naqd pulsiz shaklidagi toʻlovlarga oid masalalar yuzasidan Hamkor yoki Yetkazib beruvchiga murojaat qilish huquqiga ega.
6. Boshqa shartlar
6.1. Foydalanuvchi Hamkor yoki Yetkazib beruvchilar bilan Shartnoma tuzish, shuningdek, Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan boshqa bitimlar va harakatlarni amalga oshirish uchun, Janubiy Koreya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, layoqatli shaxs ekani va talab etilgan yoshga yetganini tasdiqlaydi.
6.2. Otash Qassob quyidagilar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:
6.2.1. Xizmat faoliyati yoki Foydalanuvchilarga Buyurtmani rasmiylashtirish imkonini beruvchi funksiyaning ishlashida Otash Qassobga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga keladigan vaqtinchalik nosozlik va uzilishlar, shuningdek, bunday nosozlik va uzilishlar natijasida maʼlumotlarning yoʻqolishi.
6.2.2. Xizmatning tezligi.
6.3. Foydalanuvchining Otash Qassobga murojaat qilish tartibi: barcha murojaatlar Xizmat interfeysida mavjud boʻlgan aloqa shakli yordamida Otash Qassob yordam xizmati orqali yuborilishi lozim. Xizmat funksionalligi Foydalanuvchiga Otash Qassobga murojaat qilishning boshqa usullarini ham taqdim etishi mumkin.
6.4. Agar Xizmatda boshqacha belgilangan boʻlmasa, Xizmatda koʻrsatilgan barcha narxlar soliqlarni oʻz ichiga oladi.
6.5. Buyurtmalar Hamkor Yetkazuvchi korxona tomonidan yetkaziladi. Buyurtma yetkazilgan vaqtda mijoz buyurtmada ko’rsatilgan raqamiga yetkazuvchi xodim telefon raqamini o’z ichiga olgan sms qabul qiladi. Buyurtma kutilgan joyda bo’lmasa va shunga o’xshash savollar tug’ilgan paytda ushbu raqamga bog’lanib aniqlik kiritish imkoniyati bor.
6.6. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi Qonun bilan nazarda tutilgan Hamkorlar/Yetkazuvchilar haqidagi maʼlumotlar tegishli Hamkor yoki Xizmat sahifasida Foydalanuvchi eʼtiboriga yetkaziladi. Xizmatda maʼlumotlari keltirilgan Hamkorning ish rejimi, agar Hamkor tomonidan boshqacha belgilanmagan boʻlsa, Hamkor tomonidan Buyurtmalarni qabul qilish vaqtiga mos keladi.
7. Otash Qassob haqida:
Firma nomi: “OtashQassob Company”
Tashkiliy-huquqiy shakli: Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Joylashgan joyi: 경상남도 김해시 분성로 335 (서상동 94-12 번지)
otashqassob.com